background

⚡️ RASMIY MUNOSABAT

Admin 17-Dekabr-2025

⚡️ RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda D232 “Nukus – Xo‘jayli” avtomobil yo‘lining 13–14-kilometr qismida tungi yoritish chiroqlari ishlamayotgani yuzasidan videomurojaat (https://t.me/Hoja_uz/17579) tarqaldi.

Mazkur holat bo‘yicha ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ–2776-son qaroriga muvofiq, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar hududidagi ko‘chalarni saqlash, obodonlashtirish hamda yoritish ishlari tegishli shahar va tuman hokimliklarining obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur masala doimiy nazoratga olingan bo‘lib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz.

Skip to content