

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i U. Matnazarov ishtirokida BAA davlatining “TATWEER” kompaniyasi vakillari bilan Zoom orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Xalqaro ahamiyatga ega A380 avtomobil yo‘li bo‘yida kampinglar, servis obyektlari barpo etish, xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish hamda avtomobil yo‘llarini raqamlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muloqot yakunida tomonlar loyihalarning texnik va investitsion jihatlarini chuqur o‘rganish hamda kelgusida amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.