background

⚡️Konstitutsiya – xalqimiz erkinligi va taraqqiyotining mustahkam poydevori

Admin 07-Dekabr-2025

⚡️Konstitutsiya – xalqimiz erkinligi va taraqqiyotining mustahkam poydevori

  

Kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda bosh boshqarma xodimlari, soha vakillari hamda yosh mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbirni Bosh boshqarma boshlig‘i U. Matnzarov ochib berdi. U o‘z tabrik so‘zida Konstitutsiyaning xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Asosiy qonunimiz milliy davlatchiligimizning bosh hujjati sifatida jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qilayotgani, unda xalq manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida mustahkamlanganini ta’kidladi. Shuningdek, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi islohotlar ham Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillar asosida amalga oshirilayotganini qayd etdi.

 

Tadbir davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi bosh yuristi U. Raxmanova so‘zga chiqdi. U ishtirokchilarni bayram bilan tabriklar ekan, Konstitutsiyada belgilangan inson huquqlari, ularning kafolatlari hamda har bir fuqaroning qonun oldida tengligi haqida ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, Asosiy qonunimizda belgilangan demokratik tamoyillar jamiyatda adolat va taraqqiyotga mustahkam zamin yaratadi.

Tadbir so‘ngida Konstitutsiya xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi barcha islohotlarning asosiy hujjati ekani ta’kidlandi. Ishtirokchilar Asosiy qonun ruhiga sodiq holda, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lidagi faoliyatni bundan buyon ham davom ettirishlarini bildirdilar.

Skip to content