background

⚡️ RASMIY MUNOSABAT

Admin 04-Dekabr-2025

⚡️ RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda A380 “G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu” avtomobil yo‘lining Taxiatosh tumani hududidan o‘tgan 775–781-kilometr qismining holati bo‘yicha bildirilgan murojaat (https://t.me/abdumalikovich_uzb/16898) yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 92-sonli qarori 6-ilovasiga asosan A380 “G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu” avtomobil yo‘lining 765–806-kilometr (41 km) qismini qayta qurish belgilangan. Hozirgi paytda mazkur loyiha bo‘yicha texnik hujjatlarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, avtomobil yo‘lining yuqorida qayd etilgan ba’zi qismlari hozirda ta’mirtalab holatga kelganligi bois, haydovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida A380 avtomobil yo‘lining 773.5-km qismidan 95V025 “Nukus shahri – D232 avtomobil yo‘li (4 km) – Taxiatosh suv taqsimlagichi” avtomobil yo‘li orqali aylanma yo‘l ham mavjud. Unga muqobil ravishda transport vositalarining harakati aynan ushbu yo‘nalish orqali amalga oshirilishi mumkin.

Mazkur yo‘l bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar muntazam ravishda o‘rganilib, xavfsiz harakatni ta’minlash choralariga ustuvor ahamiyat qaratilishini ma’lum qilamiz.

Skip to content