

Amudaryo tumani “O‘zbekiston” MFY hududidagi Boychechak ko‘chasining 1 km 626 metr qismi yangidan asfaltlandi. Ushbu yo‘l aholining eng ko‘p foydalanadigan yo‘laklaridan biri bo‘lgani bois, yangilanish mahalla aholisining harakatlanishida katta qulaylik yaratdi.
Mazkur loyiha “Tashabbusli budjet” dasturining 2025-yil 2-mavsumi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, aynan aholining taklifi bilan g‘olib bo‘lgan loyihalardan biridir. Ushbu ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, transport harakatini yanada silliq va xavfsiz qilishga xizmat qilmoqda.