background

⚡️Qo‘ng‘irot tumani markaziga olib kiruvchi avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilinadi va Qo‘ng‘irot tumani belgisi sifatida zamonaviy «Darvoza» barpo etiladi

Admin 06-Noyabr-2025

⚡️Qo‘ng‘irot tumani markaziga olib kiruvchi avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilinadi va Qo‘ng‘irot tumani belgisi sifatida zamonaviy «Darvoza» barpo etiladi

Muhtaram Prezidentimizning 2025-yil 1-aprel kungi PQ-132-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qo‘ng‘irot tumanini 2025-2026 yillarda jadal kompleks rivojlantirish Dasturi» doirasida A-380 xalqaro avtomobil yo‘lining 873-km.dan (xalq tilida «Ustyurt povorot») tuman markaziga olib kiruvchi va olib chiquvchi asosiy yo‘l barpo etiladi va ushbu hududda «Qo‘ng‘irot tumani» hududiga kirish va chiqish belgisi sifatida «Zamonaviy va ko‘rkam Darvoza» barpo etiladi hamda savdo va servis xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda, hozirgi vaqtda A-380 xalqaro avtomobil yo‘lining 871-km.dan (xalq tilida Nayman povorot) tuman markaziga olib kiruvchi bir tomonlama kirish yo‘li yopiladi.

Qurilish va rekontruksiya ishlari joriy yil noyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda loyiha smeta hujjatlari tasdiqlanib tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

 

Skip to content