
Amudaryo tumani hududidagi D217A “Jumurtov koni orqali — Amudaryoga” avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari qizg’in davom etmoqda.
Mazkur yo‘l aholining kundalik hayotida, xususan, kon hududida mehnat qilayotgan ishchilar, mahalliy aholi va transport vositalari harakati uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Yillar davomida foydalanish jarayonida yo‘lning ayrim qismlari yaroqsiz holga kelgani bois, bu masala aholining eng dolzarb muammolaridan biri sifatida ko‘tarib kelinar edi.
Bugungi kunda ta’mirlash ishlari qizg‘in davom etmoqda va qisqa fursatda yo‘l to‘liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu tashabbus tumanda infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush sifatini oshirish va hududlararo bog‘liqlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.