
Qorao‘zak tumanining «Yangi Qorao‘zak» posyolka fuqarolar yig‘ini hududidagi Bozatov, Paraxatchilik va Gerbish zavod ko‘chalariga 1 kilometr 920 metr uzunlikda asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi. Mazkur ishlar “Tashabbusli budjet” dasturining 2025-yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha asosida amalga oshirildi.

Loyihaning asosiy maqsadi — mahalla aholisi uchun qulay harakatlanish imkonini yaratish, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash va transport qatnovini xavfsiz hamda qulay qilishdir. Ushbu tashabbus orqali aholining bevosita ishtirokida muhim ijtimoiy masala hal etildi.

Yo‘l qurilish ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligi asosida “Doniyor Avto Servis” MChJ tomonidan asfalt yotqizish ishlari bajarildi. Natijada mahalladagi ichki yo‘llar yangilandi, chang-to‘zon muammosi bartaraf etildi va aholining kundalik hayotida qulaylik yaratildi.
