background

⚡️Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

Admin 31-Oktabr-2025

⚡️Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o’rinbosari Shuxrat Nazarov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i U.Matnazarov hamda mas’ul korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan yo‘l xo‘jaligiga oid masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi shu joyning o‘zida ijobiy yechimini topgan bo‘lsa, muddat talab etuvchi murojaatlarni hal etish yuzasidan tegishli mas‘ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabul davomida nafaqat fuqarolarning, balki boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning murojaatlari ham tinglandi.

Skip to content