background

⛈ Kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Admin 24-Oktabr-2025

⛈ Kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Umrbek Matnazarov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan boshqarma tizimidagi tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasalarining kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari joylarga chiqqan holda o‘rganildi.

Tashrif davomida yo‘l bo‘limlaridagi ta’mirlash ishlari sifati, yo‘lchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qum–tuz rezervlari holati va texnikalarning shaylik darajasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tuman yo‘l tashkilotlarining texnika va mexanizmlarining texnik holati, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari zaxirasi, qor tozalash hamda muzga qarshi kurashish vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi ham atroflicha o‘rganildi.

Shu bilan birga, har qanday ob-havo sharoitida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, avtotransport vositalarining harakatlanishida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, hamda aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — kuz–qish mavsumida yo‘llardan uzluksiz va xavfsiz foydalanishni ta’minlash, shuningdek, soha xodimlarining tayyorgarlik darajasini amalda tekshirishdan iboratdir.

Skip to content