
14-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat tashkilotida xodimlar o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda 2024-yil 6-dekabrda kuchga kirgan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 931-sonli Qonuni mazmun-mohiyati hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining bu boradagi vazifalari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Xodimlarga xizmat faoliyatida halollik, shaffoflik va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishning ahamiyati, shuningdek, bunday holatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri xabar berish tartibi haqida ma’lumotlar yetkazildi.
Tadbir yakunida qonun talablariga rioya etish, korxona faoliyatida ochiqlik va mas’uliyatni kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.