O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasiga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasida aholining uy-joyga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratish, jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish orqali aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 avgustdagi «2016-2017 yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish to‘g’risida»gi 251-son qaroriga asosan huquq belgilovchi hujjatlarsiz 71 987 ta uy-joyga bo‘lgan huquqlar e’tirof etilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi «Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aktsiyasini o‘tkazish to‘g’risida»gi PF-5421-son Farmoniga asosan huquq belgilovchi hujjatlarsiz 50 361 ta uy-joyga bo‘lgan huquqlar e’tirof etilganligi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ma’lumotlariga ko‘ra, yuqoridagi qaror va Farmon doirasida huquq e’tirof etilmagan qo‘shimcha 43 432 ta uy-joylar mavjudligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
fuqaro ushbu uy-joydan 2018 yil 1 maygacha bo‘lgan davrdan boshlab o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan bo‘lishi, ushbu holat kosmik suratlarni qayta ishlash orqali hamda so‘nggi besh yil uchun er solig’i va mol-mulk solig’i to‘langanligi bilan tasdiqlangan bo‘lishi;
huquqni e’tirof etish boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzmasligi;
er uchastkasi bo‘sh bo‘lmasligi, unda qurilgan uy-joy yashash uchun mo‘ljallangan bo‘lishi, fuqarolarning hayoti va sog’lig’iga xavf tug’dirmasligi;
er uchastkasi sug’oriladigan erlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik erlar, transport, aloqa va mudofaa maqsadlariga mo‘ljallangan erlar, kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan erlar toifasiga kirmasligi, suv ob’ektlarining sanitariya muhofazasi zonalarida, er usti va er osti suvlarining hosil bo‘lish zonalarida joylashmagan bo‘lishi shartligi;
talabgorlar va (yoki) chegaradosh er uchastkalari egalari o‘rtasida nizo mavjud bo‘lgan hollarda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari nizo bartaraf etilganidan keyin qabul qilinadi;
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan ushbu bandga asosan qarorlar qabul qilish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishning oxirgi muddati — 2024 yil 1 avgust sanasi hisoblanadi;
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesining ushbu bandda nazarda tutilgan qarorlari tegishli adliya organida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin qabul qilinadi va rasmiy e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.
Kadastr agentligi — bir hafta muddatda o‘zining elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilgan uy-joylar ro‘yxatini tumanlar va shaharlar kesimida;
«O‘zbekkosmos» agentligi — Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan kelishilgan grafik asosida hududlarning 2018 yil 1 maygacha bo‘lgan holatiga kosmik suratlarini qayta ishlash natijasida olingan ma’lumotlarni;
Soliq qo‘mitasi — ikki oy muddatda Kadastr agentligining elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilgan uy-joylar orasidan so‘nggi besh yil uchun er solig’i va mol-mulk solig’i to‘langan uy-joylar haqidagi ma’lumotlarni;
davlat kadastrlarini yuritishga mas’ul bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar — ikki oy muddatda o‘zlariga biriktirilgan hududda joylashgan, mazkur Farmonning 2-bandi «a» kichik bandiga muvofiq huquq e’tirof etilishi lozim bo‘lmagan uy-joylar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etsin.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, tumanlar va shaharlar bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish;
huquq e’tirof etilganligi uchun bir martalik yig’im joriy etish, undan tushgan mablag’larni sarflash yo‘nalishlarini belgilash;
mazkur Farmonni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar uchun, xususan, «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga ko‘maklashish, kosmik suratlarni qayta ishlash uchun Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlari, bir martalik yig’imdan tushgan mablag’larni yo‘naltirish vakolati berilsin.
Amalga oshirilgan ishlar to‘g’risida 2024 yil 1 sentyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYoEV
Toshkent sh.,
2023 yil 28 iyul,
PF-119-son