Muhtaram Prezidentimizning yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish va hududlar infratuzilmasini yangilashga qaratayotgan alohida e’tiborining amaliy natijasi sifatida, Respublikamizning bir qator hududlarida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Chimboy tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-132-sonli qaroriga asosan, Chimboy tumanini 2025–2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturi asosida yo‘l qurilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
Shu jumladan, D234 “Nukus–Chimboy–Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lining 57–58-kilometr qismida asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Jarayonlarga 7 ta zamonaviy maxsus texnika va 12 nafar ishchi kuchi jalb qilingan.
Ushbu keng ko‘lamli ishlardan ko‘zlangan maqsad — transport infratuzilmasini yangilash, aholining kundalik hayotini qulaylashtirish, hududlararo aloqalarni mustahkamlash va iqtisodiy faollikni oshirishdir.