background

⚡️A380 avtomobil yo‘lida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

Admin 16-Sentabr-2025

⚡️A380 avtomobil yo‘lida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

Muhtaram Prezidentimizning topshirig‘i bilan Qorao‘zak va Beruniy tumanlari hududidan o‘tuvchi A380 «G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu» avtomobil yo‘lining 673–698 km (25 km) qismini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida sement-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilish belgilangan edi. Shu asosda bugungi kunda beton qoplamasini yotqizish ishlari olib borilmoqda.

  

Qurilish jarayonining borishi O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Amriddin Abdurahmonov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Umrbek Matnazarov ishtirokida joyida o‘rganildi. Mutasaddilar tomonidan belgilangan me’yor va sifat talablariga rioya etilishi alohida e’tibor bilan ko‘zdan kechirildi. Ishlarning jadval asosida olib borilishi bo‘yicha pudratchilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Skip to content