background

⚡️Prezidentimizning PQ-132-sonli qarori amalda

Admin 10-Sentabr-2025

⚡️Prezidentimizning PQ-132-sonli qarori amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-132 sonli qaroriga asosan, Qo‘ng‘irot tumanini 2025–2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Qo‘ng‘irot tumani hududidan o‘tuvchi 95V074 «D231 avtomobil yo‘li – Qo‘ng‘irot MFY» hozirgi Qoraqalpog‘iston ko‘chasining 10-11-km oralig‘ida yo‘lni kengaytirish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu qurilish ishlari yakunlangach, transport qatnovi yanada qulaylashadi, yo‘l harakati xavfsizligi oshadi va aholi uchun zamonaviy sharoitlar yaratiladi.

 

Skip to content