Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orolbo‘yi transport prokurori Dauletbay Madenov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-132-sonli qarori ijrosi doirasida Chimboy tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tanishuv davomida qurilish jarayonlarining belgilangan me’yor va talablar asosida olib borilishi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda ishlarning sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.