background

⚡️Prezidentimizning PQ-132-sonli qarori amalda

Admin 03-Sentabr-2025

⚡️Prezidentimizning PQ-132-sonli qarori amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-132 sonli qaroriga asosan, Qo‘ng‘irot tumanini 2025–2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Qo‘ng‘irot tumani hududidan o‘tuvchi 95V144 «D231 avtomobil yo‘li (4 km.dan) – “Ravshan” OFY – “Saksaulsoy” OFY avtomobil yo‘lining 0—1-km oralig‘ida yo‘lning chap tomoniga beton ariq qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Bunday ariqlarning qurilishi avtomobil yo‘lining uzoq va xavfsiz harakatini ta’minlash uchun ahamiyati yuqori. Chunki qor va yomg‘ir suvlari asfalt yuzasida to‘planib qolmasdan ushbu ariqlar orqali oqib ketadi. Bu esa qorli, yomg‘irli kunlarda yo‘lning sirpanchiq bo‘lishining oldini olib, harakat xavfsizligini ta’minlaydi. Ta’kidlash kerakki, bu ishlar Qo‘ng‘irot tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Skip to content