background

⚡️Prezidentimizning PQ-248-sonli qarori amalda: D234 avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari davom etmoqda

Admin 03-Sentabr-2025

⚡️Prezidentimizning PQ-248-sonli qarori amalda: D234 avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari davom etmoqda

 

Hurmatli Prezidentimizning “Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-248-sonli qarori asosida Nukus shahridan Taxtako‘pir tumaniga olib boruvchi D234 “Nukus–Chimboy–Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lining 59 kilometrlik qismini ta’mirlash ishlari uchun 15 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan edi.

Bugungi kunda ushbu qaror ijrosi doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, yo‘lning 30–32-kilometr qismida asfalt yotqizish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ta’mirlash jarayonlari Kegayli tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unga 8 ta zamonaviy maxsus texnika hamda 15 nafar ishchi jalb etilgan.

 

Mazkur bunyodkorlik ishlari nafaqat transport infratuzilmasini yaxshilash, balki aholining kundalik hayotini yengillashtirish, hududlararo aloqalarni mustahkamlash hamda iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.

Skip to content