Hurmatli Prezidentimizning 2024-yil 24-dekabr kungi «2025 – 2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-454-sonli qarorining ijrosini ta’minlash yo‘nalishida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Beruniy tumani «Abay» OFY hududida Samarqanddagi Urgut erkin iqtisodiy zonasining filiali tashkil etilmoqda. Hurmatli Prezidentimizning PQ-454-sonli qarori asosida Urgut erkin iqtisodiy zonasining 3 km avtomobil yo‘lini asfaltlash belgilangan. Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hududiy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat korxonasi buyurtmasi asosida «Shabboztosh» MCHJ tomonidan asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Bu ishlarga jami 10 ta maxsus texnika, 15 nafar ishchilar jalb etilgan.
🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati