O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori bilan yurtimiz rivoji yo’lida mehnat qilayotgan, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, o’sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda mehnat qilib kelayotgan bir guruh vatandoshlarimiz munosib mukofotlandi. Ular orasida Beruniy tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi bosh hisobchisi Lyudmila Mardovina «Vatan fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mukofotlar muborak boʻlsin!