Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” degan yuksak gʻoya ostida yurtimiz boʻylab keng nishonlanmoqda.
Bayram arafasida ko‘plab yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tizimidagi tashkilotlarda uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.