background

⚡️Shahar ko‘chalari obodonlashmoqda

Admin 20-Avgust-2025

⚡️Shahar ko‘chalari obodonlashmoqda

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi davlat muassasasining buyurtmasiga asosan, “Shabboz tosh” MChJ tomonidan Nukus shahri “Boyterak” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi D. Nurpeyisov ko‘chasining 810 metr qismiga asfalt yotqizish ishlari bajarildi. Ushbu loyiha mahalla aholisining uzoq yillik ehtiyojidan kelib chiqqan holda amalga oshirildi.

Mazkur tashabbus natijasida ko‘chada zamonaviy qulayliklar yaratilmoqda, transport harakati yanada xavfsiz va samarali bo‘lishiga zamin hozirlanmoqda. Eng muhimi, aholining kundalik hayoti yengillashib, mahalla obodligi hamda ko‘rkamligi yanada ortmoqda.

Skip to content