
“Tashabbusli budjet” dasturi doirasida Kegayli tumani «Yangi bozor» MFY hududidagi Markaziya va Quyoshli ko‘chalarining 1 kilometr qismi yangidan asfaltlanmoqda.

Mazkur ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hududiy yo‘llarga buyurtmachi davlat muassasasi buyurtmasi asosida Kegayli tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Qurilish jarayoniga 8 ta maxsus texnika va 10 nafar ishchi jalb etilgan.