background

⚡️Xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borildi

Admin 29-Mart-2025

⚡️Xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borildi

Respublikamizning barcha hududlarida qishki yog‘ingarchilikdan so‘ng qoplamada paydo bo‘lgan nuqsonlarni bartaraf etish ishlari jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. Xususan, Xalqaro ahamiyatga ega A380 «G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu» avtomobil yo‘lining Xo’jayli tumani hududidan o‘tgan 796—797-km oralig‘ida qoplamada hosil bo‘lgan chuqurchalar yo‘l frezasi yordamida kesib olinib, o‘rniga yangidan asfalt yotqizish ishlari olib borildi.

Xalqimiz farovonligi, yo‘llarimiz ravon, tekis bo‘lishida Qipchoq Yo‘llaridan muntazam foydalanish davlat muassasasi xodimlari ham o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Bunday ezgu ishlarga 5 ta maxsus texnika, 15 nafar ishchilar jalb etilgan.

🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Skip to content