Kegayli tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yil 1-mavsumida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan “Xalqobod” MFY hududida joylashgan Abay ko‘chasining 700 metr qismiga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hududiy yo‘llarga buyurtmachi davlat muassasasi buyurtmasi asosida “Kattagar Nukus qurilish” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Qurilish jarayonlariga 7 ta maxsus texnika va 13 nafar ishchi jalb qilingan.
Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash orqali hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, transport qatnovini yengillashtirish ko‘zda tutilgan.