Nukus tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yil 1-mavsumida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan “Ulgili makon” MFY hududida joylashgan Nurhayot ko‘chasining 1 kilometr 900 metr qismiga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hududiy yo‘llarga buyurtmachi davlat muassasasi buyurtmasi asosida “Botirbek Xabibullaev” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Qurilish jarayonlariga 10 ta maxsus texnika va 15 nafar ishchi jalb qilingan.
Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash orqali hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, transport qatnovini yengillashtirish ko‘zda tutilgan.