background

⚡️Xalq farovonligi yo‘lidagi ishlar Beruniy tumani misolida

Admin 29-Mart-2025

⚡️Xalq farovonligi yo‘lidagi ishlar Beruniy tumani misolida

Xabaringiz bor joriy yilning 10-mart sanasidan boshlab Respublikamizdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida kuz-qish mavsumidan keyin paydo bo‘lgan nuqsonlarni ta’mirlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlar Respublikamizning boshqa tumanlari qatori Beruniy tumanini Xorazm viloyatining markazi va Ellikqal’a tumani bilan bog‘lovchi Davlat ahamiyatiga ega D218 (4R161) «Urganch-Cholish-Beruniy-Bo‘ston» avtomobil yo‘lining 13-15-km oralig‘ida qizg‘in sur’atlar bilan olib borilmoqda. Avtomobil yo‘lining bu qismida paydo bo‘lgan chuqurchalarni freza yordamida kesib olib o‘rniga yangidan asfalt yotqizish ishlari Beruniy TYFDM tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirda ta’mirlash ishlariga 5 ta maxsus texnika va 12 nafar ishchi mobilizatsiya qilingan. Albatta, Xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish borasidagi bu amaliy ishlar avtomobil yo‘lining boshqa qismlarida ham davom etadi.

🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati