D234 (4R176) “Nukus–Chimboy–Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lining Qorao‘zak tumani hududidan o‘tuvchi 89–90-kilometr oralig‘ida qora qoplama (asfalt) yotqizish ishlari izchil olib borilmoqda. Mazkur ta’mirlash jarayonida 7 ta maxsus yo‘l qurilish texnikasi va 16 nafar malakali ishchi-xodimlar safarbar etilgan.
Ushbu ishlar mamlakatimizda yo‘l-transport infratuzilmasini yangilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, shuningdek, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik va savdo aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.