background

⚡️Shuroxon OFYda 1,8 km avtomobil yo‘lini asfaltlash ishlari olib borilmoqda

Admin 28-Iyun-2025

⚡️Shuroxon OFYda 1,8 km avtomobil yo‘lini asfaltlash ishlari olib borilmoqda

«Tashabbusli budjet» dasturining 2025-yil I-mavsumida To‘rtko‘l tumani Shuroxon OFY hududidagi “Zahiriddin Muhammad Bobur” ko‘chasini asfaltlash loyihasi eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan edi.

Mazkur loyiha doirasida ushbu ko‘chaning 1 kilometr 854 metr qismini asfalt qoplamasi bilan yangilash, aholi uchun qulay va xavfsiz transport harakatini ta’minlash maqsad qilingan. Aholi tomonidan ilgari surilgan bu tashabbus joylardagi infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yanada barqarorlashtirishga xizmat qiladi.

Ayni paytda loyiha asosida qurilish-ta’mirlash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida boshlab yuborilgan bo‘lib, pudratchi tashkilot sifatida “To‘rtko‘l lochin umidi” MChJ tomonidan olib bormoqda.

Qurilish jarayonlariga 8 ta zamonaviy maxsus texnika vositasi hamda 15 nafar malakali ishchi-xodim jalb etilgan.

✅ Mazkur loyiha nafaqat transport harakatini yengillashtiradi, balki Shuroxon OFY aholisi uchun kundalik hayotni qulaylashtiradi, obodonlashtirishga zamin yaratadi hamda tumandagi ijtimoiy infratuzilma rivojiga xizmat qiladi.