background

Tashabbusli byudjet dasturi amalda

Admin 28-Iyun-2025

Tashabbusli byudjet dasturi amalda

«Tashabbusli budjet» dasturining 2025-yil I-mavsumida Qorao‘zak tumani Madaniyat OFY hududidan o‘tuvchi 95V057 “Madaniyat OFYga” avtomobil yo‘lining 9–11-km oralig‘idagi 1 kilometr 500 metrlik qismni asfaltlash loyihasi eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan edi.

Ayni paytda ushbu loyiha doirasida qurilish ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida “Danoyor Avto Servis” MChJ tomonidan olib borilmoqda.

Qurilish ishlariga 6 ta maxsus texnika va 12 nafar ishchi jalb etilgan.