Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida “2025-yilning birinchi yarim yilligida bajarilgan ishlar” yuzasidan matbuot anjumani hamda 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bosh boshqarma rahbariyati, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Anjumanda bosh boshqarma boshlig‘i Umrbek Matnazarov so‘zga chiqib, 2025-yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar — qurilish-ta’mirlash ishlari, Tashabbusli budjet doirasidagi loyihalar hamda yo‘l harakati xavfsizligi borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘llab, mutasaddilardan asosli javoblar olishdi.
Tadbir so‘ngida bosh boshqarma boshlig‘i 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan jurnalistlarni samimiy tabrikladi. Yo‘l sohasini ommaviy axborot vositalarida faol yoritib kelayotgan jurnalistlarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alarini topshirdi.