background

⚡️️»Kiber xavfsizlikni ta’minlash» bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

Admin 28-Mart-2025

⚡️️»Kiber xavfsizlikni ta’minlash» bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasining majlislar zalida «Kiberxavfsizlikni ta’minlash» nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari R. Ibragimov, boshqarma yuristi Х. Yakupov va Asaka bank Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining «Tashqi xavfsizlik» bo‘yicha bosh mutaxassisi S. Jumabekov ishtirok etdi. S. Jumabekov tadbir ishtirokchilariga bank xodimi hech qachon sizdan sms parollarni so‘ramasligi, turli xorijiy raqamlardan qo‘ng‘iroq qilmasligi haqida tushuntirishlar berdi. Bunday paytlarda zudlik bilan telefonni o‘chirib qo‘yish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish lozimligini ta’kidladi.

Tadbir yakunida Bosh boshqarma mutaxassislari tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan texnologiyalar davrida kiberjinoyatchilikdan xoli bo‘lish haqida umumiy tushunchalarga ega bo‘ldi va soha mutaxassislaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi. Shu bilan birga tadbir ishtirokchilariga tarqatma materiallar tarqatildi.

🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati