Ellikqal’a tumanining “Toza bog‘” ovul fuqarolari tomonidan bildirilgan tashabbus, ishonch va faol ishtirok natijasida muhim yo‘l loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Toza bog‘” OFYdan 7-maktab orqali “Imomjon ota” qabristonigacha bo‘lgan 1 kilometr 546 metr yo‘l qismini asfaltlash loyihasi 4 647 nafar fuqaroning ovozi bilan 2025-yil 1-mavsum “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida g‘olib deb topilgan.
💰 Loyihaning umumiy qiymati: 1,5 milliard so‘mni tashkil qiladi.
🚧 Ayni paytda qurilish ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida “SHobboz tosh” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.