Mahalliy ahamiyatga ega 95V118 “A380 avtomobil yo‘li (788-km.dan) – Ozodlik” OFY yo‘lining 7–8-kilometr oralig‘ida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ta’mirlash ishlari Taxiatosh tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Jarayonga 6 ta maxsus texnika va 13 nafar ishchi jalb qilingan bo‘lib, yo‘l qoplamasining sifatli va mustahkam yotqizilishi ta’minlanmoqda.