“Tashabbusli budjet” dasturining 2025-yil 1-mavsumida Xo‘jayli tumani “Qirqinchi” MFY hududidagi “Tong nuri” ko‘chasining 1.5 kilometr qismini asfaltlash loyihasi eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan edi.
🚧 Hozirgi paytda “Kattiagar Nukus Qurilish” MChJ tomonidan 1,5 km yo‘l qismida asfalt yotqizish ishlariga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
✅Ishlar loyihaga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Yaqin kunlarda asfaltlash ishlari boshlanishi kutilmoqda. Ushbu loyiha mahalla aholisi uchun yanada qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.