Respublikamiz hududidan o‘tuvchi xalqaro avtomobil yo‘lining o‘tkazuvchanligini oshirish borasida Prezidentimizning qaror va farmonlari asosida bosqichma-bosqich rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Muhtaram Prezidentimizning 2024-yil 24-dekabr kungi «2025-2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi 454-sonli qarori asosida A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yo‘lining 698-723-km oralig‘ini rekonstruksiya qilish belgilangan edi. Qurilish ishlari uchun 2025-yilga 71.2 mlrd. so‘mlik mablag‘ ajratilgan bo‘lib, avtomobil yo‘lining ushbu hududiga asfaltbeton qoplamasini yotqizish rejalashtirilgan.
Hozirgi vaqtda 707-710-km oralig‘ida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.