Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qurilgan tarozilarda yuk transport vositalarining avtomobil yo‘llarida belgilangan me’yordan ortiq yuklama bilan harakatlanishiga qarshi nazorat-reyd tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Yuk tashish qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, yuk mashinalari jarima maydoniga qo‘yilmoqda.