background

To‘rtko‘l tumani

Admin 16-Iyun-2025

To‘rtko‘l tumani

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishga, ayniqsa Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgan alohida e’tibor natijasida joylarda yo‘llarning holati bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda.

📍 To‘rtko‘l tumanida ham bu yo‘nalishdagi ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, mahalliy ahamiyatga ega 95V140 “To‘rtko‘l sh. – Bezirgen paxta punkti – Yomboshqal’a” OFY – “Qirqqiz” OFY yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining 24-26-kilometr oralig‘ida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

✅Ushbu infratuzilma loyihasi To‘rtko‘l tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Mazkur yo‘lning yangilanishi natijasida ushbu hududlarda yashovchi fuqarolar harakati ancha qulay va xavfsiz bo‘lib, transport qatnovi yaxshilanadi.

Skip to content