Toʻrtkoʻl tumani hududidan oʻtuvchi D154J “To‘rtko‘l shahriga (604 kmdan)” (Beruniy ko‘chasi)» avtomobil yo‘lining 3,5-4 kilometr oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avtomobil yo‘lining shu kilometrlarida ya’ni, Nukus ko‘chasi chorrahasidan K. Ataniyazov ko‘chasi chorrahasi oralig‘ida bugun 15-iyun kuni soat 18:00dan boshlab avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi.
❗️ Hurmatli haydovchilar❗️
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz. Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l belgilariga, vaqtinchalik ko‘rsatmalarga va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz.