background

DIQQAT, E’LON❗️

Admin 13-Iyun-2025

DIQQAT, E’LON❗️

Taxiatosh tumani hududidan o‘tgan D154 (4R171G) “A380 avtomobil yo‘lidan (775-km) — Taxiatosh shahri” yo‘lining 1,3 km dan 3,8 km oralig‘ida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

📍Shu munosabat bilan, mazkur yo‘l qismi 2025-yil 14-iyun soat 08:00 dan boshlab, ta’mirlash ishlari yakunlangunga qadar vaqtincha transport harakati uchun yopiladi.

Harakat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida 95V005 “A380 avtomobil yo‘lining 775-km dan — Taxiatosh shahri broyler parrandachilik fabrikasiga” (Jayhun MFY (Sh. Rashidov) hududida aylanma yo‘l tashkil etildi.

❗️ Hurmatli haydovchilar❗️

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz. Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l belgilariga, vaqtinchalik ko‘rsatmalarga va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz.