«Tashabbusli budjet» dasturining 2025-yil 1-mavsumi doirasida Taxiatosh tumani «Jayxun» MFY hududidagi «Qoraqalpog‘istonning 50 yilligi» ko‘chasining 2 kilometr qismini asfaltlash loyihasi eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgan edi. Bugungi kunda Taxiatosh TYFDM tomonidan eski qoplama yo‘l frezasi yordamida qirib olinib, yangi qoplama yotqizish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.