background

Nukus shahri

Admin 10-Iyun-2025

Nukus shahri

Nukus shahri “Ota makon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Birlikli el” ko‘chasining 315 metr qismi yangidan asfaltlandi. Ushbu qurilish-ta’mirlash ishlari Nukus tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirildi. Mazkur ishlarga 6 ta maxsus texnika va 13 nafar ishchi jalb etildi. Ta’mirlash natijasida mahalla aholisi uchun harakatlanish yanada qulay va xavfsiz bo‘ldi.