background

⚡️RASMIY MUNOSABAT

Admin 09-Iyun-2025

⚡️RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video murojaatga (https://t.me/KarPressa/23020) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, voqea sodir bo‘lgan yo‘l ichki ko‘cha hisoblanib, u Nukus shahri Obodonlashtirish boshqarmasining balansida ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Aloqa markazimizga qilingan murojaat davomida xodim holatni tinglagan holda, shaxsiy mulohaza sifatida harakatlanishda ehtiyot bo‘lish zarurligini maslahat tarzida bildirgan. Ushbu fikr ba’zi hollarda turlicha talqin qilinishi mumkinligini inobatga olgan holda, tashkilotimiz fuqarolar bilan muloqot madaniyatini yanada yaxshilash maqsadida xodimlar bilan qo‘shimcha tushuntirish va o‘quv ishlari olib boradi.

Bundan tashqari, ayrim foydalanuvchilar tomonidan @kkavtojol_bot murojaatlar botining faoliyatida uzilishlar kuzatilayotgani haqida ma’lumotlar berilgan. Ayni vaqtda ushbu texnik nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutaxassislar tomonidan zarur ishlar olib borilmoqda. Botning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun texnik takomillashtirish ishlari amalga oshirilyotganligini ma’lum qilamiz.