Mamlakatimizda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan izchil islohotlar har bir hududda o‘z samaralarini bermoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan ayniqsa olis va strategik jihatdan muhim yo‘nalishlarda zamonaviy, xavfsiz va qulay yo‘llar barpo etilmoqda.
D154 (4R171G) “A380 avtomobil yo‘lidan (775-km) — Taxiatosh shahriga» avtomobil yo‘lining 11–12-km oralig‘ida qora qoplamali asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘l Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiy markazlaridan biri — Taxiatosh shahri bilan asosiy magistralni bog‘lab turuvchi muhim transport yo‘nalishidir.
Hozirda mazkur yo‘lning ta’mirlash ishlari Taxiatosh tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan olib borilmoqda. Jarayonga 7 ta maxsus texnika va 13 nafar malakali ishchi-xodimlar jalb etilgan.
Ushbu yo‘l nafaqat aholi uchun qulaylik yaratadi, balki yirik sanoat korxonalari, eksport-import faoliyatining uzviy harakatini ta’minlovchi yo‘nalish hisoblanadi.