background

⚡️1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolalarga sovg‘alar topshirildi

Admin 30-May-2025

⚡️1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolalarga sovg‘alar topshirildi

Xalqimiz azal-azaldan farzand sevar xalq bo‘lib kelgan. «1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» sifatida mamlakatimizda keng nishonlanadi. Bu kun bolalarimiz uchun eng quvonchli kunlardan biri hisoblanadi. Ushbu sana munosabati bilan bugun Chimboy tumanidagi 24-sonli davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi Sh.O‘temisov qatnashib, bu yerda tarbiyalanayotgan bolalarga bayram sovg‘alarini topshirdi. Tadbirda boshqa bir qator mutasaddilar qatorida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R. Ibragimov ham qatnashib, bolalarga sovg‘alar topshirdi.

Shundan so‘ng, 24-sonli davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Skip to content