background

To‘rtko‘l tumani

Admin 30-May-2025

To‘rtko‘l tumani

Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan D239 (4P182) “A380 avtomobil yo‘li (661-km dan) – Qizilqal’a ovuli – Bo‘ston shahri – Guldursun qishlog‘i – To‘rtko‘l t.” avtomobil yo‘lining To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tgan 53–66 kilometr oralig‘ini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ta’mirlash ishlari To‘rtko‘l tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirda ushbu yo‘lning 320 metr qismiga qora qoplamali asfalt yotqizildi. Qurilish-ta’mirlash ishlariga jami 10 ta maxsus texnika vositasi va 17 nafar ishchi-xodim jalb etilgan bo‘lib, ta’mirlash ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

Skip to content