Hurmatli Prezidentimiz tomonidan yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi uchun xavfsiz va qulay yo‘l sharoitlarini yaratish, eng asosiysi, xalqimizning farovonligini ta’minlash yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Nukus shahri hududidan o‘tuvchi 95V025 “Nukus sh. – D232 avtomobil yo‘li (4 km) – Taxiatosh suv taqsimlagichi” avtomobil yo‘lining 5–7 kilometr oralig‘ida asfalt qoplamasida yuzaga kelgan nuqsonlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Yo‘l frezasi yordamida eski qatlam kesib olinib, o‘rniga yangidan asfalt yotqizilmoqda.
Mazkur ta’mirlash ishlari Qaratov Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilib, ta’mirlash ishlariga jami 6 ta maxsus texnika va 12 nafar ishchilar jalb qilingan.
Bunday amaliy ishlar yo‘l harakati ishtirokchilariga qulaylik yaratish, transport qatnovini xavfsiz va uzluksiz ta’minlash, eng muhimi, aholining kundalik hayotini yengillashtirishga xizmat qilishi so’zsiz.