background

⚡️Beruniyda yo‘l infratuzilmasi yangilanmoqda

Admin 28-May-2025

⚡️Beruniyda yo‘l infratuzilmasi yangilanmoqda

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi uchun xavfsiz va qulay yo‘l sharoitlarini yaratish, eng asosiysi, xalqimizning farovonligini ta’minlash yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2025-yilda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli dastur doirasida Beruniy tumani hududidan o‘tuvchi D154 (4R171a) “A380 avtomobil yo‘lidan (632-km) Beruniy shahriga” avtomobil yo‘lining 7–8-km oralig‘ida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ta’mirlash ishlari nafaqat transport qatnovi xavfsizligini oshirish, balki iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish, aholi hayot sifati va kundalik yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Skip to content