Shu kunlarda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Umrbek Matnazarov ham ishtirok etmoqda.
Delegatsiya a’zolari TianJin shahridagi Shahar muhandislik, loyihalash va tadqiqot instituti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Uchrashuv doirasida avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, saqlash va cho‘l hududlarida yashil makonlar barpo etish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan keng qamrovli muzokaralar olib borilmoqda. Uchrashuvlar davomida Xitoy infratuzilmasi bilan tanishish, ularning ilg‘or tajribasini o‘rganish va uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida amaliyotga tatbiq etish masalalari ham muhokama qilinmoqda.
🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati