Hurmatli Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishga, ayniqsa Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgan alohida e’tibor natijasida joylarda yo‘llarning holati bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda.
Shu doirada, D235 (4R177) “Qonliko‘l” temir yo‘l stansiyasi – Shumanay shahri – Qoraboyli temir yo‘l stansiyasi avtomobil yo‘lining 17–18-kilometr oralig‘ida yo‘l sathida yuzaga kelgan nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida yangidan asfalt yotqizish ishlari olib borildi.
Mazkur ishlar Shumanay TYFDM tomonidan bajarilib, qisqa muddatda sifatli ta’mirlash ta’minlandi. Natijada, transport harakati xavfsizligi va qulayligi tiklandi.